Agentlik yangiliklari

Joriy yilning 17-may kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan tashkil etilgan “Har bir ayol va qiz muhim” Global dasturi doirasida mamlakatimiz gender statistikasi potensialini baholash yuzasidan o‘rganish boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

Xabar qilganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi taklifi asosida 13-14-may kunlari Samarqandda “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusidagi Osiyo xotin-qizlari forumi boʻlib oʻtdi.

2024-yil 11-22-mart kunlari AQSHning Nyu-York shahrida BMT Xotin-qizlar holati bo‘yicha komissiyasining (CSW) 68-sessiyasi bo‘lib o‘tadi va ushbu tadbirning asosiy eʼtibori gender tenglikka erishishni tezlashtirish va kambag‘allikni bartaraf etish orqali xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratiladi.

Forumning navbatdagi sessiyasida xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllariga barham berishning mintaqaviy jihatlari, ularning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy taʼsirini bartaraf etish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Hurmatli Forum qatnashchilari! 

Xonimlar va janoblar!

Avvalambor, siz azizlarni – dunyoning olis va yaqin mintaqalaridan tashrif buyurgan muhtaram mehmonlarimizni Osiyo xotin-qizlari forumining ochilishi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

“Gender tenglikni moliyalashtirish: ayollar va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish kambag‘allikni qisqartirish hamda mintaqa iqtisodiyotini rivojlanishning muhim omili sifatida” mavzu forum doirasida tashkil etilgan beshinchi sessiyaning bosh mavzusi bo‘ldi.

“Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusidagi Osiyo xotin-qizlari forumi Samarqand shahrida o‘z ishini boshladi.

Ushbu parallel sessiya gender tenglik va ayollar huquqlarini kengaytirishda genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishning (GYB) o‘zgaruvchan salohiyatini o‘rganish uchun butun dunyo bo‘ylab ekspertlar va amaliyotchilarni birlashtirdi.

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Samarqand shahrida "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining Ozarbayjon Respublikasidagi vakolatxonasi delegatsiyasi bilan uchrash o‘tkazdi.

Joriy yilning 13-14-may kunlari Samarqand shahrida “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi o‘tkaziladi.

2024-yilning 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Jevdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Joriy yilning 16–25-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida agentlik mutaxassislari hamda vazirlik va idoralarning gender ma’lumotlarini shakllantirish uchun mas’ul xodimlari ishtirokida o‘quv seminarlar tashkil etildi.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva  yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Germaniya Bundestagidagi “Germaniya – Markaziy Osiyo”  parlament guruhi raisining o‘rinbosari Manfred Grund boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan texnikumlarga qabul qilingan qiz bolalarning umumiy soni 31 460 nafarni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 963,3 ming kishini tashkil etgan boʻlib, shundan 18 608,7 ming nafari (50,3 %) erkaklar, 18 354,6 ming nafari (49,7 %) esa ayollar hissasiga toʻgʻri keladi.

2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.

Joriy yilning 16-aprel kuni Statistika agentligida Open Data Watch xalqaro tashkilotining Open Data Inventory (ODIN) xalqaro ochiq ma’lumotlar va Gender Data Compass (Gender ma’lumotlari kompasi) reytinglari eksperti Jemison Xenninger bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.