07/05/2024

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining Ozarbayjon Respublikasidagi vakolatxonasi delegatsiyasi bilan uchrash o‘tkazdi.

1-

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlarining gender tenglik va genderga asoslangan zo‘ravonlikka qarshi kurash sohasidagi tajribasi bilan tanishib chiqish va shu sohalarda keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.

2-

Shunga muvofiq uchrashuvda senatorlar gender tenglik va genderga asoslangan zo‘ravonlikka qarshi kurashish sohalarida tegishli vazirlik hamda idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab, maʼlumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

3-

Muloqot davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash sohasida erishilgan yutuqlar va tashabbuslarni o‘rganish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida davlatlarning ilg‘or tajribasi, amaliyoti va innovatsion yondashuvlari bilan tanishish hamda keng foydalanish, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

4-

Shuningdek, mazkur sohada ishlab chiqilayotgan va qayta ko‘rib chiqilayotgan bir qator O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.O‘z navbatida, delegatsiya aʼzolari O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

5-

Shuningdek, suhbat chog‘ida kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan rejalar muhokama qilinib, o‘zaro hamkorlikni yana-da faollashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech