11/05/2024

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Samarqand shahrida "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.Osiyo qitʼasida 4,82 mlrd kishi yashaydi, bu dunyo aholisining 60 foizdan ortig‘i deganidir. Shuningdek, qitʼa umumiy aholisining 2,3 milliardi yoki qariyb 49 foizini ayollar tashkil etadi. Forumda aynan ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.  Mazkur forum ish jarayonlarini yoritish uchun 50 dan ortiq mahalliy va O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy OAV jurnalistlari taklif etildi.

48885

Ayni kunga qadar forum bo‘lib o‘tishi, uning mazmuni, forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad haqidagi maʼlumotlar dunyoning mashhur nashrlari va saytlarida eʼlon qilindi.Xususan, mahalliy OAV orasida Kun.uz, Daryo, Uza.uz, Dunyo AA, YUZ.uz, Xabar.uz kabi taniqli saytlar, blogerlar sahifalari, ijtimoiy tarmoqlarda keng auditoriyaga ega sahifalar, boshqa bosma nashrlar, davlat va nodavlat telekanallarda forum haqidagi maʼlumotlar muntazam yoritib borilmoqda.

15889689

Shuningdek, forum haqidagi maʼlumotlar Xitoyning "Kitay”, “Lookwe” va "Psearcher” jurnallarida turkum maqolalar chop etilgan bo‘lsa, Hindistonning “Sarikatel”, “India Blooms” va “International Affairs review” axborot vositalarida xalqaro anjuman xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv mavzusida ekani haqida so‘z yuritildi.

145888

Shuningdek, Quvaytning “Q8ress” nashri forum ahamiyatiga to‘xtalar ekan unda dastur doirasida dolzarb “yashil” iqtisodiyotni targ‘ib qilish, iqlim o‘zgarishining mintaqadagi gender muammolarga taʼsiri masalasida hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ilg‘or tajribasi va innovatsion yondashuvlari ham ko‘rib chiqilishini qayd etgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech