Agentlik yangiliklari

Joriy yilning 20-avgust kuni Oliy Majlis Senati va Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning (MXT) O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan  “O‘zbekistonda gender tenglik va inson huquqlariga asoslangan migratsiya siyosatini ishlab chiqish” mavzusida tashkil etilgan trening o‘z ishini boshladi.

2024- yilning 1- iyul holatiga koʻra, respublikamizning doimiy aholisi 37 134,2 ming kishini tashkil etgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga Oʻzbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 37 134,2 ming kishini tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 7-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda mamlakatimizda ayollar tadbirkorligini yangi bosqichga ko‘tarish va ularning bandligiga ko‘maklashish borasida qator vazifalar belgilab berildi hamda “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-122-sonli qarori qabul qilindi.

Joriy yilning 2-avgust kuni Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 31-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Open Data Watch xalqaro tashkiloti, Ochiq Ma’lumotlar Xartiyasi hamda Women in Tech Uzbekistan bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda ochiq gender ma’lumotlarini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish” boʻyicha xalqaro vebinar boʻlib oʻtdi.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva yurtimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Joriy yilning 27-iyun kuni Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi huzuridagi “Tadbirkor ayollar klubi” aʼzolari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Joriy yilning 27-iyun kuni Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Kadirxanova Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Qiynoqlarning oldini olish va gender zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha ekspert D.Aytxojina bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida tirik tugʻilganlar soni 347,4 ming nafarni tashkil etdi.

Joriy yilning 7-iyun kuni Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi majlisi o‘tkazildi.

2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasida umumta’lim muassasalarida 11- sinfni bitirgan oʻgʻil bolalar soni 180 ming nafarni tashkil etgan.

2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim muassasalarida 11-sinfni bitirgan qiz bolalar soni 207 ming nafarni tashkil etgan.

Oliy Majlis Senatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining mustaqil baholash bo‘yicha bosh ofisining xalqaro baholovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida tirik tugʻilgan egizaklar soni 6 329 nafarni tashkil etdi.

Umumtaʼlim muassasalarida 2023/2024-oʻquv yili boshida 11-sinflarda  respublika boʻyicha jami 414,6 ming nafar oʻquvchi qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida tirik tugʻilganlar soni 274,5 ming nafarni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida tirik tugʻilganlar soni 274,5 ming nafarni tashkil etdi.