14/05/2024

“Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusidagi Osiyo xotin-qizlari forumi Samarqand shahrida o‘z ishini boshladi.

1244444

Unda 30 dan ortiq xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan nufuzli mehmonlar – Sharqiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlarining ayol aʼzolari, hukumatlari rahbarlari, 40 nafardan ortiq xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi vakolatxonalari hamda xorijiy tashkilotlar vakillari, shuningdek, mahalliy davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ayol rahbarlar, ishbilarmon ayollar, siyosatshunoslar, ijtimoiy soha faollari, olimlar, iqtisodiyot tarmoqlari va turli sohalarning jami 400 ga yaqin vakillari hamda faol xotin-qizlar ishtirok etmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech