“Gender tenglikni moliyalashtirish: ayollar va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish kambag‘allikni qisqartirish hamda mintaqa iqtisodiyotini rivojlanishning muhim omili sifatida” mavzu forum doirasida tashkil etilgan beshinchi sessiyaning bosh mavzusi bo‘ldi.Sessiya doirasida gender tenglikni himoya qilish, mintaqada xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, resurslarning manzilli va shaffoflikni taʼminlash uchun ajratilishini monitoring qilish, novatorlik va tajribalar yaratish sohasini moliyalashtirish va investitsiyalarni jalb qilishning bugungi holati muhokama qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlarning tadbirkorlikdagi manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur maslahat berish, tashkiliy va texnik yordam ko‘rsatish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash masalalari, ayollar va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, Osiyo mintaqasi mamlakatlari iqtisodiy o‘sishi va farovonligini mustahkamlashga ko‘maklashadigan ayollar va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.


So‘zga chiqqanlar tomonidan Osiyo mamlakatlarida gender tenglikni moliyalashtirish siyosati, mintaqa mamlakatlarida gender tenglikni himoya qilish, xotin-qizlarning iqtisodiy huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish sohasini moliyalashtirish va investitsiyalarni jalb qilish borasida duch kelinayotgan muammolar hamda boshqa masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.




