Agentlik yangiliklari

Joriy yilning 16-aprel kuni “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi hamda YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda inklyuziv boshqaruv va qarorlar qabul qilish yoʻlida ochiq gender maʼlumotlarini takomillashtirish boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan kasb-hunar maktablariga qabul qilingan qiz bolalarning umumiy soni 29 452 nafarni tashkil etgan.

2023/2024-oʻquv yili boshiga, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan texnikumlarga qabul qilingan oʻgʻil bolalarning umumiy soni 18 137 nafarni tashkil etgan.

2023/2024-oʻquv yili boshiga, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan kasb-hunar maktablariga qabul qilingan oʻgʻil bolalarning umumiy soni 81 661 nafarni tashkil etgan.

2023/2024 oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasida akademik litseylarga qabul qilingan qiz bolalar soni 7 488 nafarni tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 yosh va undan katta boʻlgan internetdan foydalanuvchi ayollar ulushi 87,3 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 va undan katta yoshlilar orasidan mobil telefondan foydalanuvchi erkaklar ulushi 99,1 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 va undan katta yoshlilar orasidan mobil telefondan foydalanuvchi ayollar ulushi 99,2 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan qishloq joylarda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha  67 766 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023/2024-oʻquv yili boshida, Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan oʻquvchilar 194,6 ming nafarni tashkil etib, shundan oʻgʻil bolalar 143 ming nafar, qiz bolalar 51,6 ming nafarni tashkil etgan.

2023/2024-oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasida texnikumlarda tahsil olayotgan oʻquvchilar 124,7 ming nafarni tashkil etib, shundan oʻgʻil bolalar 37,3 ming nafarni, qiz bolalar 87,4 nafarni tashkil etgan.

“Hilton Tashkent city” mehmonxonasida “O‘zbekistonda genderni baholash bo‘yicha hisobotning taqdimoti hamda gender tenglikni ta’minlash siyosatiga oid islohatlar” mavzusida mintaqaviy forum bolib otdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 137 456 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023/2024-o‘quv yili boshida akademik litseylarda tahsil olayotgan o‘quvchilar 33,4 ming nafarni tashkil etib, ulardan o‘g‘il bolalar 19,5 ming nafarni va qiz bolalar 13,9 ming nafarni tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023- yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi erkaklar (uy xoʻjaliklari aʻzolari) ulushi 68,8 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi ayollar (uy xoʻjaliklari aʻzolari) ulushi 58,5 % ni tashkil etdi.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti  delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoqning 148-Assableyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib turipti.

Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva Nyu-York shahriga amaliy tashrifi davomida Turkiyaning oila ishlari va ijtimoiy taʼminot bo‘yicha vaziri Maxinur Ozdemir Gyoktash bilan uchrashuv o‘tkazdi.