22/08/2024

Joriy yilning 20-avgust kuni Oliy Majlis Senati va Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning (MXT) O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan  “O‘zbekistonda gender tenglik va inson huquqlariga asoslangan migratsiya siyosatini ishlab chiqish” mavzusida tashkil etilgan trening o‘z ishini boshladi.

itbzgldiwvmrknzeul8qzqvefebxjq

Trening to‘rt kun davom etadi. Treningni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning migratsiya strategiyasini ishlab chiqishda Senat huzurida tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolariga xalqaro normalar va xorijiy davlatlar tajribasi to‘g‘risida maʼlumotlar berishdan iborat.

ltue4zm8abmapeg9tujn9j5t0q7ppn

ruwaugsv5lisshtzylbjlmlmeajw4k

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

wj7spm4wuvto9zyioxisjt50c9qc1i

Tugmani bosing Tinglash GSpeech