14/03/2024

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Nyu-York shahrida o‘tayotgan BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining 68-sessiyasi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining Xotin-qizlar va bolalar ishlari bo‘yicha milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy ayollar federatsiyasi raisi o‘rinbosari Xuan Syaovey bilan uchrashuv o‘tkazdi.Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, kambag‘allikni qisqartirish sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

142

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Rais Si Szinpin o‘rtasidagi ochiq va ishonchli munosabatlar ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash uchun mustahkam zamin yaratgani alohida taʼkidlandi.Tomonlar gender tenglik sohasida qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar va oila masalalari qo‘mitasi, Senatning tegishli qo‘mitasi va Butunxitoy ayollar federatsiyasi o‘rtasida muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish, jumladan Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolash taklifi ilgari surildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech