04/03/2024

Joriy yilning 28-fevral kuni Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilning 2023-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tahlil etildi.

1-11

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, xotin-qizlar, bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini to‘laqonli taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.  

2-11

Xususan, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlar tizimli davom etmoqda.

3-11

Xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash yo‘nalishida Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, xotin-qizlardan ijtimoiy soha bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar sonining yil sayin kamayib borayotgani davlatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning natijasi ekanligi, xotin-qizlar huquq va erkinliklarini kafolatlovchi normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilingani va ularning ijrosi taʼminlanayotganidan darak beradi.

4-11

Shu bilan birga, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb masalalar ijobiy yechim topish maqsadida tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlarni kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.Majlis yakunida senatorlar tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.Majlis so‘ngida ko‘rilgan masala yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech