29/01/2024

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Londonga amaliy tashrifi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno–Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi.

gen_ic1_29012024

Taʼkidlash joiz, o‘tgan 6 yil davomida O‘zbekiston va YETTB o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugungi kunda Bankning mamlakatimizdagi loyihalar portfeli 4 milliard yevrodan oshmoqda. YETTB moliyaviy ko‘magida aholi farovonligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirilyapti.

O‘zbekiston bankning beshta asosiy hamkori qatoridan joy oldi, yillik investitsiyalar hajmi bo‘yicha mamlakatimiz YETTBning Markaziy Osiyodagi eng yirik biznes sherigiga aylandi.

gen_ic2_29012024

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan YETTB o‘rtasida amalga oshiriladigan qo‘shma tashabbuslarning yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, gender tengligi masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligidan kelib chiqib, YETTB bilan birgalikda qishloq ayollarini kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

gen_ic3_29012024

Reno–Basso YETTBning kuni kecha tasdiqlangan 2024-2029-yillarga mo‘ljallangan mamlakatimizga oid strategiyasi O‘zbekiston 2030 strategiyasiga to‘liq mos kelishi, unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni yashillashtirish, inklyuzivlik va gender tengligi va raqamlashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar aks etganini alohida taʼkidladi. 

gen_ic4_29012024

Uchrashuvda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

gen_ic5_29012024

Memorandum ayollarning mehnat bozorida imkoniyatlarini kengaytirish, bandlik sohasida gender muvozanatiga erishish, kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va moliyaviy mustaqillikni oshirishni taʼminlashni nazarda tutadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech