Joriy yilning 12-yanvar kuni Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan 2023 yildagi faoliyati va 2024-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlari muhokama qilindi.


Qo‘mita majlisida senatorlar, Qo‘mita huzuridagi Ekspert guruhi aʼzolari, vazirlik va idoralar vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.


Qo‘mita tomonidan 2023-yilda asosiy eʼtibor qonunchilikni takomillashtirish, nazorat-tahlil faoliyati bilan bir qatorda, joylarda aholini tashvishga solayotgan masalalarni ijobiy hal qilish va ularga amaliy ko‘mak berish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotida faol ishtirokini taʼminlash va ularning muammolarini tizimli ravishda hal etishga qaratildi.




