17/10/2023

Joriy yilning 17-oktabr kuni Oliy Majlis Senatida “O‘zbekiston yetakchi ayollar muloqoti platformasi” aʼzolarining 2023-yildagi ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv Senat va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda milliy gender strategiyasini amalga oshirish va gender tenglikka erishish” loyihasi doirasida tashkil etildi.Unda Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot Dasturi, Yetakchi ayollar muloqoti platformasi aʼzolari, shuningdek, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

2senat

Taʼkidlanganidek, “O‘zbekiston yetakchi ayollar muloqoti platformasi” xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini oshirish, rahbar ayollar safini yana-da kengaytirish, ularning yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yosh qizlarni rahbarlikka tayyorlash, gender tenglik muammolarini bartaraf etishga xizmat qiladi.Platforma faoliyati har bir hududdagi xotin-qizlarning tadbirkorlik, ilm-fan, axborot texnologiyalari, media, sport va madaniyat kabi sohalardagi asosiy muammolarini aniqlab, imkoniyati cheklangan yetakchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tengsizlikni keltirib chiqaradigan gender stereotiplar va noo‘rin ijtimoiy meʼyorlarga chek qo‘yilishiga yordam beradi.

1senat

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan platformani ishlatish va undan samarali foydalanish hamda kelgusida uni yana-da takomillashtirib borish yuzasidan maʼlumotlar berilib, platforma taqdimot qilindi.

3senat

Tadbirda BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili vazifasini vaqtincha ijro etuvchi Anas Fayyad Qarman yetakchi ayollarning salohiyatini yuksaltirishda, xususan, siyosiy partiyalarda gender tamoyillarini kuchaytirish, xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, shuningdek, yetakchi ayollarning notiqlik madaniyatini hamda aholi bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini oshirishda BMTTD amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

4senat

Tadbir davomida xotin-qizlarni yangicha yondashuv, g‘oya va tashabbuslar bilan chiqishlariga ko‘mak berish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar, siyosiy jarayonlarda ularning faol ishtirokini taʼminlash, mazkur jarayonlarda “O‘zbekiston yetakchi faol ayollar muloqoti platformasi”ning o‘rni va roli masalalari bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech