2023-yilning 4-oktabr kuni Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va uning ixtisoslashgan tuzilmalari hamkorligida O‘zbekistonda gender tengligi bo‘yicha Barqaror rivojlanish maqsadlari muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati aʼzolari, BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, uning ixtisoslashgan tuzilmalari, vazirlik va idoralar, xalqaro moliya institutlari, xususiy sektor, yoshlar va fuqarolik jamiyati institutlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshligʻi Yuldoshev Zoyir Toshkanovich hamda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Qambarov Jahongir Xoshimjonovich qatnashdi.


Tadbir davomida O‘zbekistonda gender tenglikni taʼminlash, oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish, ularning bandligiga koʻmaklashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida fikr almashildi.




