2023 yil 3-7 iyul kunlari poytaxtimizdagi “Tiriliant” mehmonhonasi konferensiyalar zalida “O‘zbekistonda taraqqiyot, innovasiya va ma’rifat” mavzusida Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro ayollar Forumi bo'lib o'tdi.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.




