04/05/2026

Oliy Majlis Senatida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy kengashi hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining bir guruh yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Muloqot chogʻida davlatimiz rahbarining yoshlarga qaratayotgan doimiy  e'tibori ularning ertangi kunga ishonchini, oʻz kuch va imkoniyatlariga boʻlgan qat'iyatlarini yanada mustahkamlayotgani alohida ta'kidlandi.

Uchrashuvda Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi a'zosi Malika Qodirxonova ishtirokchilarga yuqori palataning qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki, parlament nazoratini amalga oshirish hamda parlament diplomatiyasini rivojlantirish borasidagi vazifalari yuzasidan keng qamrovli ma'lumot berdi. Shuningdek, davlat boshqaruvi tizimida yuqori palataning oʻrni va ahamiyati alohida ta'kidlab oʻtildi.

Shu bilan birga, yoshlarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qonunchilik jarayonlariga kengroq jalb etish hamda qarorlar qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish masalalariga alohida urgʻu berildi.

Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, davlat boshqaruvi tizimida yoshlarning ishtiroki, parlament faoliyatining ochiqligi va shaffofligi masalalari yuzasidan savol-javob oʻtkazdilar.

 

 

 time

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech