09/06/2025

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat ва sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Kozixonova “Ayollarning muzliklarni asrashdagi o‘rni” mavzusida Dushanbe shahrida (Tojikiston Respublikasida) bo‘lib o‘tgan forumda ishtirok etdi.

Tadbir mintaqa mamlakatlari parlamentlari, xalqaro tashkilotlar, xususan, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi vakillari, ekspertlar ва faol xotin-qizlarni birlashtirdi.

1111_p89095

Forum doirasida Tojikistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotiga raisligining rasmiy ochilishi ham o‘tkazildi.

Forumning asosiy maqsadi muzliklarni himoya qilish, iqlim o‘zgarishiga moslashish ва ayollarning ekologik jarayonlarga qo‘shgan hissasini kuchaytirish bo‘yicha saʼy-harakatlarni birlashtirishdan iborat.

222_p19372

Forum ishtirokchilari iqlim o‘zgarishi, muzliklarni saqlab qolish ва yangi ekologik sharoitlarga moslashish masalalarida ayollarning asosiy rolini taʼkidladi.

Senator O. Kozixonova o‘z chiqishida O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish ва atrof-muhitni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarning ahamiyatini taʼkidladi. Ayniqsa, ekologik ва qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirishda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonunchilik tashabbuslari, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik ва amaliy choralarga alohida eʼtibor qaratildi.

333_p31042

Shuningdek, senator O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasini tiklash bo‘yicha tashabbuslari haqida gapirib, global isish sharoitida tabiiy resurslarni barqaror boshqarishda ayollarning muhim rolini taʼkidladi. Xotin-qizlarning huquq ва imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ekologik kun tartibini shakllantirishdagi faol ishtirokiga eʼtibor qaratildi.

444_p66117

Bundan tashqari, Dushanbega tashrif doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston ва Turkmaniston parlamentlari vakillarining Majlisi Oli Majlisi namoyandagon raisi Fayzali Idizoda билан jamoaviy uchrashuvi o‘tkazdi.

555_p70698

Parlamentlararo muloqotni mustahkamlash ва Yetakchi ayollar muloqoti doirasidagi ҳамкорликни kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

666_p46441

Dushanbe forumi dolzarb iqlim muammolarini muhokama qilish ва gender jihatlarni hisobga olgan holda mintaqaviy ҳамкорликни mustahkamlash uchun muhim maydonga aylandi

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech