02/06/2025

Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tomonidan genderga yo‘naltirilgan budjetlashtirishni O‘zbekiston amaliyotiga joriy etish yuzasidan mahalliy Kengash deputatlariga seminar o‘tkazildi.

oymfgrmtzabjpk51rjt6ua37if3cox11111_p49375

Senatorlar tomonidan davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish, xususan, genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tizimini joriy etish bo‘yicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.

 l53ctb9lxld6gtfflwck5l70gb4xtt22222_p46475

Gender tahlilini rejalashtirish va budjetlashtirish jarayonlariga integratsiya qilish orqali, jamiyatimiz turli ehtiyojlariga javob beradigan va budjet mablag‘larini barcha jihatlarni inobatga olgan holda taqsimlaydigan yana-da samaraliroq moliyalashtirish tizimi yaratilishi alohida qayd etildi.

cxsrxibdvy8w9jmridotbacxdm1sdw33333_p45551

Shuningdek, ushbu tizim bizga yanada shaffof, inklyuziv va natijaga yo‘naltirilgan davlat moliyasini taqdim etishda yordam berishi, bu esa milliy rivojlanish ustuvorligimiz va maqsadlarimizga erishish uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qilishi taʼkidlandi.

lbloh5maoearjfdjpiu32jztkpck7h44444_p70490

Tadbir doirasida genderga yo‘naltirilgan budjetlashtirishga oid metodologiyalarni takomillashtirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Senat aʼzolari ushbu yo‘nalishda mamlakatimizda mavjud imkoniyatlar va istiqbollar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini bildirdi.

ovxzxtvvb030vvdcnzblgctenolsoj888_p39294

Seminarda genderga sezgir budjetlashtirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalar muhokama qilindi hamda hududiy darajada uni joriy etish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

nsk4gmualno1sbl1jqau1nypfyw3av100_p97711

Tugmani bosing Tinglash GSpeech