30/05/2025

27-may kuni Senat Raisi Tanzila Narbayeva “BMT-ayollar” tuzilmasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tantanali ochilishi marosimida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan “BMT-ayollar” tuzilmasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy ofisi direktori o‘rinbosari Eliza Fernandes Sayens bilan uchrashuv o‘tkazdi.

111111_p59507

Uchrashuvda O‘zbekiston va “BMT-ayollar” tuzilmasi o‘rtasida gender tenglikni ilgari surish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirishning amaldagi natijalari va istiqbollari muhokama qilindi.

222222_p95636

So‘nggi yillarda O‘zbekiston teng huquq va imkoniyatlar siyosatini amalga oshirishda sezilarli yutuqlarga erishganini taʼkidlandi.

3333_p48247

Boshqaruv va parlamentda ayollar ulushi ortgani, 25 ming nafar yetakchilik salohiyatiga ega xotin-qizlar zaxirasi shakllantirilgani, 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish yangi strategiyasi qabul qilingani kabi asosiy yutuqlar taʼkidlab o‘tildi.

44444_p29919

Uchrashuv yakunida tomonlarning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va institutsional hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligi bildirildi.

55555_p90794

Tugmani bosing Tinglash GSpeech