24/04/2025

2025-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Turkiya Buyuk Мillat Мajlisi raisi Numan Kurtulmushning taklifiga binoan Turkiya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida ikki mamlakat parlamentlararo hamkorligini yanada rivojlantirish, ikki tomonlama munosabatlarning barcha yo‘nalishlaridagi hamkorlikni mustahkamlash, jumladan, ijtimoiy himoya, taʼlim, xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik sohalaridagi o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Senat Raisi Tanzila Narbayevaning Turkiya Buyuk Мillat Мajlisi Raisi, Turkiya oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri, shuningdek, bir qator davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlari nazarda tutilgan.

Ushbu tashrif ikki tomonlama munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilishiga, ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va parlamentlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Аyollar va erkaklarning nisbati (har 1 000 ayolga to‘g‘ri keladigan erkaklar soni, yil boshiga)

Tugmani bosing Tinglash GSpeech