13/02/2025

Bugun, 12 fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashdi.

1_p74026

Muloqot davomida O‘zbekiston va Yevro Ittifoqiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi strategik munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgani e’tirof etildi.

2_p53169

YEIning GSP+ tizimi doirasida savdo, iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, innovatsiya sohalaridagi hamkorlik loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Mamlakatimizda inson huquqlarini, gender tenglikni ta’minlashga hamda fuqarolik institutlari imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga qaratilgan ishlar alohida qayd etilib, bu borada rivojlangan davlatlarning tajribalarini o‘rganish yuzasidan fikr almashildi.

3_p38356

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan parlamentlararo munosabatlarni kuchaytirish hamda qonun ijodkorligi va parlament nazoratini takomillashtirishga oid hamkorlik dasturlarini yo‘lga quyishga kelishib olindi.

4_p39790

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech