31/01/2025

Joriy yilning 28 yanvar kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ayol-rahbarlar uchun tashkil etilgan o‘quv seminari doirasida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat oliy taʼlim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan uchrashdi.

y2zhfczpcsenbd8zwvaqttpliqt4jm_p89653

Senatda o‘tgan uchrashuvda T.Narbayeva O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imidjini yuksaltirishdagi tashabbuslarga, ayollarning siyosiy jarayonlar va qonunchilik faoliyatidagi ishtirokiga, davlat rahbarining siyosiy irodasi hamda tashabbusi bilan mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash, davlat boshqaruvi va jamiyatning barcha jarayonlarida xotin-qizlarning rolini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

qwfblnz9utou5r6ebzmiedf153pccu_p48729

Xotin-qizlarning yangicha yondashuv, g‘oya va tashabbuslarini tatbiq etishda ko‘mak berish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar, siyosiy jarayonlarda ularning faol ishtirokini taʼminlash masalalari bo‘yicha, mazkur jarayonlarda lider ayollarning o‘rni haqida fikr almashildi.

wbekrkazub2fd8nj7akd4hixhxa23a_p73962

Shuningdek, uchrashuvda dolzarb masalalarni aniqlash, tahlil va ularning qonuniy yechimlarini topish, xalqaro tashkilotlar bilan manfaatli hamkorlik orqali ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy islohotlarni ilgari surishga doir masalalarga eʼtibor qaratildi.

bmhibvnyxabghr3qwtb717wg8emgmq_p89660

Muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech