16/01/2025

Senatda Parlamentlararo ittifoqning yubiley 150-assambleyasini Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalar yuzasidan Parlamentlararo ittifoq kotibiyati vakillari bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

dtll8gdkqyqhksigphxtwsc9rhpiur_p83310

Yil sayin O‘zbekistonning Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘sini yana-da oshirish va mustahkamlashda, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishda Parlamentlararo ittifoq muhim platforma vazifasini o‘tab kelmoqda.

wmiyfmrj5atitlashg24eiemvjsplh_p77127

Mamlakatni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlari va demokratik qadriyatlarni himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda konstruktiv muloqot davom ettirilib, yaqin hamkorlik rivojlanmoqda.

f9mjfpxyk84p7jtasjh7xqx0ghj2bx_p87128

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentlararo ittifoqning yubiley 150-assambleyasini 2025-yil aprel oyida Toshkentda o‘tkazish haqidagi tashabbusi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangani jahon hamjamiyati tomonidan muhim voqea sifatida eʼtirof etilmoqda.

fuhczttessnwkovmixoe1d6sxllqbg_p41803

Muloqot davomida Assambleyada 180 ta mamlakat, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlarning ishtiroki kutilayotgani qayd etildi.

ch66aqwe2eiczj5lzgt0kyg00btvo1_p49806

Shuningdek, Assambleya doirasida xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga bag‘ishlangan maxsus tadbirni o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

rxk9i0w8s32zfxnhkwi25bdalik4ys_p36602

Ushbu maxsus tadbirning o‘tkazilishi O‘zbekistonning bu borada erishgan ulkan yutuqlari, 2025-yilda  PIning parlamentlar ayol aʼzolari forumining 40 yilligi, xotin-qizlar holati bo‘yicha Pekin deklaratsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi hamda BMT Xavfsizlik Kengashining Ayollar, tinchlik va xavfsizlik to‘g‘risidagi kun tartibining 25 yilligi bilan izohlanadi.

pjibvljdsdywabgough3f7nz6hswvx_p29712

Muloqot yakunida ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish borasida ishchi guruh yig‘ilishlarini doimiy ravishda o‘tkazib borishga kelishib olindi.  

Tugmani bosing Tinglash GSpeech