Joriy yilning 27 dekabrь kuni “Yil ayoli” milliy tanlovining respublika bosqichi gʼoliblarini taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.Marosimni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva kirish soʼzi bilan ochib berdi.

“Oʼzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va manfaatlarini taʼminlash boʼyicha keng koʼlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Bugun xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 35 foizga, tadbirkorlik sohasida 37 foizga, siyosiy partiyalar tarkibida esa 49 foizga yetdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 38 foizi (57 nafar), Senat a’zolarining 27 foizi (16 nafar), mahalliy Kengashlar deputatlarining 25 foizini ayollar tashkil etmoqda.

Vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotinqizlar ulushi 2018 yilda qariyb 3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan davrda ikki barobar oshib, 5,7 foizga yetdi.Mamlakatimizning gender tenglik sohasidagi erishgan yutuqlari xalqaro darajada munosib e’tirof etilmoqda.

O‘zbekiston 2024 yilda Gender tenglik va boshqaruv indeksi bo‘yicha 72,8 ball to‘pladi. Natijada 2022 yil qayd etilgan 103o‘rindan 51 ta pog‘onaga ko‘tarilib, 52-‘rinni egalladi. Ushbu Indeks 158 ta mamlakatni qamrab olib, gender tenglikka erishish yo‘lida muvaffaqiyat va kamchiliklarni aniqlash imkonini beradi.Tadbirkor ayollar soni ikki borabarga ortib, 205 mingdan oshdi. Ayollarni kasb-hunarga o‘qitish, ularga imtiyozli shartlar asosida kreditlar ajratish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda.




