Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Inson xuquqlari buyicha milliy markazi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida “O‘zbekistonda gender tengligini ta‘minlashning dolzarb masalalari: joriy holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda ayollar huquqlari va gender tengligini ta‘minlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Bu borada ilmiy soha vakillari, amaliyotchi va ekspertlarning fikrlari o‘rganildi, ayni yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini joriy etish va shu bilan birga ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratish, aholi o‘rtasida gender qadriyatlarini targ‘ib qilish, bu boradagi ilg‘or xorijiy tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

Konferensiya davomida gender tengligini ta‘minlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.




