27/11/2024

Bugun poytaxtimizda Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni va “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” tadbirlari doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

2dyxzjcuozjhv1m8d1wqubitpy4cdh_p66890

2we8rwrz1u36lraxo2iimtejpxdkri_p89807

Tadbirda Senat aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

4cnfbkgacdiskfdcotizbpa5vyq4lp_p30562

b7yeztvs2f4wnrgcm5vzyc4q8cdhdy_p34359

Mazkur tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mavjud muammolarni tahlil qilish, bu borada keng jamoatchilik vakillari, mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar va boshqa shu sohaga aloqador mutaxassislar fikrlarini o‘rganish, davlat tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilash, inson huquqlarini taʼminlash yo‘lida barchani birlashtirishdan iboratdir.

b96kbfhwo4zmae6ilub5ogzjev9pwi_p83406

bzfhgjdu8ibejfq4axu6ztfdj3nxsb_p19762

Davlatimiz rahbarining qatʼiy siyosiy irodasi tufayli “Inson qadri uchun” tamoyili asosida zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

fxnwig9u21bv3dztymjun23rfvqox8_p66512

z7r83epbg1vlmq48yhiahpo7otfvao_p44475

Tadbirda so‘zga chiqqan T.Narbayeva tomonidan mamlakatimizda qisqa muddatda amalga oshirilgan ishlar va bugungi natijalar bu borada qilinishi zarur bo‘lgan ishlarga dastlabki qadam ekanligi, chunki hali yechilmagan muammolar borligi alohida taʼkidlandi.

jjhsu14uftdazxcpatrl7ftbjnefei_p14748

myfb1abtleyhwm8enmgo3uhgvaf6lw_p75698

Davra suhbatida ishtirokchilar gender zo‘ravonlikning ijtimoiy oqibatlari, uning oldini olishga qaratilgan milliy va xalqaro tajribalar hamda qonunchilik doirasidagi erishilgan natijalar va istiqbollarni atroflicha muhokama qildi.

oovle6qzzl2vg7jhf33mnld6dcgil5_p75512

u4xymbvel4oenomrfze6bw0l4cybts_p24736

Tugmani bosing Tinglash GSpeech