18/09/2024

cd3i60twnznjshvjvm2nj2uh9dk41s

Forum doirasida tashkil etilgan yalpi majlisning ochilishi marosimida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva maʼruza qildi.

blq57smnmvjjtr3g6jeccgmgqqjzrs

Senat Raisi o‘z nutqi davomida O‘zbekistonda xotin-qizlarning manfaatlari davlat siyosati darajasida ko‘tarilganligi va ularning barcha jabhalarda faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks dasturga to‘xtalib o‘tdi.

eetmm27tye06t3la9yvilrfwfkvwt8

Ayniqsa, bu boradagi erishilgan amaliy natijalar forum ishtirokchilarining eʼtiborini tortdi.

j54g6dqand5tukv2oiubtmntc6uaxe

Jumladan, mamlakatimizda so‘nggi 7 yil ichida rahbarlik lavozimlarida ayollar soni 27 foizdan 35 foizga oshgani, parlament faoliyatida esa 32 foizga yetgani, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga mos kelishi qayd etildi.

jcwxyymxcnotl1no37edge1zv3t8hu

Shuningdek, amalga oshirilgan islohotlar joriy yilda Jahon banki o‘zining “Ayollar, biznes va huquq” hisobotida O‘zbekistonni gender tenglikni taʼminlashda eng katta yutuqlarga erishgani xalqaro miqyosda yuqori baholanib, boshqa davlatlarga namuna sifatida eʼtirof etildi.

pgd7uqghsf6dux8ioukqerbs7lk1th

Forum o‘z ishini davom ettirmoqda.

ysqhajowcl9uwpwtjpf0pwt7uf9zgt

Tugmani bosing Tinglash GSpeech