Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudzii xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki hamda istiqboldagi taklif va tashabbuslarga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi va taʼlim yo‘nalishidagi islohotlar va gender tenglik masalasiga doir ijobiy o‘zgarishlar haqida fikr almashildi.

Muloqot davomida respublikamiz xalqaro indekslardagi reytingi yuqorilab borilayotganligi eʼtirof etilib, mazkur yo‘nalishda ham o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mahalliy Kengashlar va xalq deputatlari faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan o‘quv dasturlari va uslubiy qo‘llanmalarni hamkorlikda ishlab chiqish masallariga eʼtibor qaratildi.




