05/09/2024

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva  yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Germaniya Bundestagidagi “Germaniya – Markaziy Osiyo”  parlament guruhi raisining o‘rinbosari Manfred Grund boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1ag786l9belvj3eiymtglgtdxd36az

 O‘zbekiston va Germaniya munosabatlarining keng doirasi, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yana-da mustahkamlash hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

8kiuihvhthj3gr1k8bf1bapsmyickm

Muloqot chog‘ida Germaniya Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, tez rivojlanib borayotgan O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali munosabatlarni yana-da chuqurlashtirishga tayyor ekanligi  aytib o‘tildi.  Birinchi navbatda barqaror o‘sib borayotgan iqtisodiy yo‘nalishda tovar ayirboshlash hajmini kengaytirish, yangi investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish bo‘yicha qiziqish bildirildi.

d71rjjzxqpdisjpo9jfwiljrxy77dh

Delegatsiya aʼzolari tomonidan O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berildi va mazkur jarayonda Germaniya faol ishtirok etishga tayyorligi bildirildi.      

fxu2kqr1sdbr7tawpqlxrxigqlilax

Suhbat davomida mehnat munosabatlari, gender tenglikni taʼminlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, madaniy-gumanitar sohalarda ham hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

ividpmgxqtbs2zitjigtlxo5na4jua

Uchrashuv yakunida o‘zaro tashriflarni tashkillashtirgan holda O‘zbekiston va Germaniya parlamentlari munosabatlarining yangi yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida hamkorlikka oid tegishli hujjatlarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

ynxikq4k28dwlbnfvp5xw7die6yux0

Tugmani bosing Tinglash GSpeech