15/03/2024

Nyu-York shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan  Oliy Majlis Senati Raisi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva Eron Islom Respublikasining Xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Ensiyo Xazaliy bilan uchrashdi.Maʼlumki, O‘zbekiston va Eron Islom Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, savdo-iqtisodiy va siyosiy muloqotlar izchil rivojlanib bormoqda.Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro tuzilmalar doirasida sherikchilikni kengaytirishning dolzarb masalalalari muhokama qilindi.

111111_15

Oliy darajadagi, shuningdek, ikki davlat hukumatlari va parlamentlari o‘rtasidagi faol o‘zaro aloqalar mamlakatlarimiz ayollari o‘rtasidagi hamkorlik uchun muhim platforma yaratayotgani alohida qayd etildi.Ikki tomonlama hamkorlik doirasida xotin-qizlar tashkilotlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-maʼrifiy hayotdagi ishtirokini oshirish, jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarni qo‘shma loyihalar asosida birlashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

22222222_15

Xususan, ilmiy muassasalar o‘rtasida oila va xotin-qizlar muammolarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilish hamda O‘zbekiston va Eronning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida talaba qizlar uchun almashinuv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech