15/03/2024

Ayni paytda BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining 68-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahrida bo‘lib turgan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Birlashgan Arab Amirliklari Gender tenglik kengashi vitse-prezidenti Mona G‘anem Ol Marriy bilan uchrashdi.Maʼlumki, keyingi yillarda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Davlatimiz rahbarining ushbu davlatga rasmiy tashrifi ikki mamlakatning do‘stlik hamda sheriklik munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi, keng qamrovli hamkorlikni kengaytirishga kuchli turtki berdi.Muloqot chog‘ida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, xalqaro reytinglar, davlat boshqaruvi, shuningdek, xotin-qizlar huquqlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

15_03_20241110

Suhbat davomida munosabatlarning amaliy jihatlari, xususan, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va boshqa sohalardagi dasturlarni maxsus seminar va loyihalar orqali birgalikda amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklif etildi.Suhbat yakunida tomonlar ko‘p qirrali har tomonlama hamkorlikni, shu jumladan, gender tenglikni taʼminlash sohasida rivojlantirish bo‘yicha yakdil fikr bildirdilar.Senat Raisi Mona G‘anem Al Marriyni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo xotin-qizlar forumida ishtirok etishga taklif qildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech