26/12/2023

Joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Anjumanlar saroyida “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Marosimni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi.Maʼlumot o‘rnida aytish lozim, «Yil ayoli» va «Gender tenglik faoli» milliy tanlovlari Oliy Majlis Senati Kengashining qaroriga asosan har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

1526

Keyingi yillarda mamlakatimizda barcha jabhalarda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga ko‘maklashish, tadbirkorlik va boshqa tashabbuslarini tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bir so‘z bilan aytganda, ayolning chinakam baxtli yashashi, intellektual va maʼnaviy yuksalishi, kasbiy, oilaviy va jamiyat hayotidagi majburiyatlarini hamohang tarzda bajarishi yo‘lida keng qamrovli davlat siyosati amalga oshirilmoqda.

1226

Xotin-qizlarning muammolariga samarali yechim topish, masalaga kompleks yondashish bo‘yicha turli mexanizmlar joriy etilmoqda. Bu borada “2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturi" ham muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

126

Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash maqsadida mamlakatimizda qabul qilinayotgan har bir normativ-huquqiy hujjat loyihasini gender huquqiy ekspertizasidan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Davlatimizning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasidagi siyosati dunyo hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilmoqda. Jumladan, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O‘zbekiston xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo‘yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan davlatlar qatoriga kiritildi.Aytish mumkinki, bo‘lib o‘tgan tadbir ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy natijalaridan biridir.

1326

Tanlovning barcha bosqichlari Oliy Majlis Senati Kengashining “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risida” 2022-yil 27-apreldagi KQ-340 – IV sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq o‘tkazildi.“Yil ayoli” tanlovining respublika bosqichida belgilangan 3 ta shart asosida ishtirokchilarning to‘plagan ballariga qarab, oliy o‘rin, 1, 2 va 3-o‘rin hamda belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

1426

Xususan, tanlovning respublika bosqichida oliy o‘rin - Gran-pri hamda 1, 2 va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Prezident sovg‘asi - avtomobil bilan, qolgan g‘oliblar esa diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech