10/11/2023

Joriy yilning 7-noyabr kuni Oliy Majlis Senatida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Maʼlumot o‘rnida taʼkidlash lozim, o‘tgan yili ushbu nufuzli xalqaro moliya tashkiloti direktorlar kengashi mamlakatimiz bilan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini tasdiqlagan edi.Bugungi kunda Jahon banki tomonidan mamlakatimizda kambag‘allikka qarshi kurashish, tadbirkorlik loyihalarini rivojlantirish va moliyalashtirish strategiyasini ishlab chiqish, qishloq infratuzilmasi va o‘rta shaharlarni modernizatsiya qilish, xotin-qizlar bandligi va yoshlarning kasbiy taʼlimi, sog‘liqni saqlash strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar yo‘lga qo‘yilgan.

10_11_1

Uchrashuv davomida Jahon banki tomonidan inson kapitalini rivojlantirish, gender tenglikni taʼminlash borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.Muloqotga mazkur loyihalarga daxldor vazirlik va idoralar vakillari hamda Jahon banki mutaxassislari ham jalb etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshligʻi Yuldoshev Zoyir Toshkanovich qatnashdi.

25_

Ushbu nufuzli moliya tashkiloti vakillari tomonidan mamlakatimizda qator tadqiqotlar olib borildi va O‘zbekistonda gender baholash natijalari bo‘yicha xulosa tayyorlandi. Unda 4 yo‘nalish, yaʼni gender meʼyorlari va ijtimoiy kutilmalar, inson kapitali, iqtisodiy imkoniyatlar hamda ayollarning ovozi va erkinligini oshirish bo‘yicha harakatlar borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rin olgan.

10_11_3

Jahon banki vakillarining bildirishicha, baholash xulosalari 2018-2022-yillar va qisman 2023-yilda mamlakatda amalga oshirilgan ishlar, tadqiqotlar, kuzatuvlar hamda statistik maʼlumotlarni o‘rganish natijalari asosida tayyorlangan.

10_11_4

Muhokamalar jarayonida vazirlik va idoralar vakillari O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, gender tenglikni taʼminlash borasida qilingan ishlarga to‘xtalib o‘tdilar.O‘z navbatida, Jahon banki vakillari O‘zbekistonda keyingi yillarda mazkur yo‘nalishda katta islohotlar amalga oshirilganini, ularning natijalarini xulosada aks ettirish muhimligini taʼkidlab o‘tdilar.

10_11_5_

Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda yakuniy hujjatni takomillashtirishga kelishib olindi.  

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech