Joriy yilning 12-oktabr kuni Senatning Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo‘mitasi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.


Majlisda Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan Buxoro viloyatida xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, Jizzax viloyatida esa ayollar bandligini ta’minlash samaradorligini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish yakunlari qizg‘in muhokama qilindi.






