Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 28 dekabrdagi “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 2021-2022 yildagi ijrosi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha2023 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlarni tasdiqlash haqida”gi SQ-682–IV-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2023 yilda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat boshqaruv Akademiyasi hamkorligida tashkil etildi.


Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar rahbarlar xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, olimalar, faol xotin-qizlar ishtirok etishdi.





