Sayt test rejimida ishlamoqda

2016 yilda O'zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining davlatlar bo'yicha taqsimlanishi

O’zbekiston Respublikasiga safarni amalga oshirgan chel el fuqarolarining 68,3 foizi (1384,3 ming nafar) Qozog’iston Respublikasidan kelgan, ularning 60 foizini ayollar, 40 foizini erkaklar tashkil qilmoqda. Tojikistondan kelgan shaxslar 8,3 foizni (169 ming nafar) tashkil qilib, ularning 55,1 foizini ayollar, 44,9 foizini erkaklar tashkil qiladi. Qirg’izistondan tashrif buyurgan shaxslar 8,3 foiz (168,1 ming nafar) tashkil qilib, ularning 58 foizini ayollar, 42 foizini erkaklar tashkil qiladi. Rossiyadan tashrif buyurgan shaxslar 5,3 foizni (106,9 ming nafar) tashkil qilib, ulardan 45,6 foizini ayollar, 54,4 foizini erkaklar tashkil qilmoqda. Tashrif buyurganlarning 9,8 foizi (198,7 ming nafar) boshqa chet el mamlakatlari hisisobiga to’g’ri kelmoqda.

Please publish modules in offcanvas position.