Sayt test rejimida ishlamoqda

2016 yilda Bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi, foizda

Maktabgacha ta’lim muassasasi belgilangan davlat meyorlariga va maktabgacha ta’lim muassasasiga qo’yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalash, o’qitish va ularni parvarish qilish hamda sog’lomlashtirishni ta’minlaydi. 2017 yil 1-yanvar holatiga ko’ra respublikada 5138 ta maktabgacha ta’lim muassasasida 691 ming nafar bola tarbiyalanmoqda.

3-6 yoshli bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi  2016 yilda 23,8 foizni tashkil qilib 2013 yilga nisbatan 5 foizga o’sdi. Shundan qiz bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi 4,4 foizga, o’g’il bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi 5,6 foizga o’sdi.

Please publish modules in offcanvas position.