Sayt test rejimida ishlamoqda

2018 yilda hududlar bo’yicha shifokorlar soni

 

2018 yilda O’zbekiston Respublikasi bo’yicha jami shifokorlar soni 89,8 ming kishini tashkil qilib ulardan 49,9 foizini (44,8 ming kishi) ayollar, 50,1 foizini (45 ming kishi) erkaklar tashkil qilmoqda. Jumladan shifokorlarning Qoraqalpog’iston Respublikasida 67,8 foizini ayollar va 32,2 foizini erkaklar, Andijon viloyatida 46,1 foizini ayollar va 53,9 foizini erkaklar, Buxoro viloyatida 48,3 foizini ayollar va 51,7 foizini erkaklar, Jizzax viloyatida 35,8 foizini ayollar  va 64,2 foizini erkaklar, Qashqadaryo viloyatida 38,2 foizini ayollar va 61,8 foizini erkaklar, Navoiy  viloyatida 44,2 foizini ayollar va 55,8 foizini erkaklar, Namangan viloyatida 45,4 foizini ayollar, 54,6 foizini erkaklar, Samarqand viloyatida 45,5 foizini ayollar, 54,5 foizini erkaklar, Surxondaryo viloyatida 38 foizini ayollar va 62 foizini erkaklar, Sirdaryo viloyatida 42 foizini ayollar va 58 foizini erkaklar, Toshkent viloyatida 56,8 foizini ayollar va 43,2 foizini erkaklar, Farg’ona viloyatida 42,1 foizini ayollar va 57,9 foizini erkaklar, Xorazm viloyatida 49,1 foizini ayollar va 50,9 foizini erkaklar, Toshkent shahrida 62 foizini ayollar va 38 foizini erkaklar tashkil qilmoqda.