Sayt test rejimida ishlamoqda

2017 yilda hududlar bo’yicha shifokorlar soni

 

2017 yilda O’zbekiston Respublikasi bo’yicha jami shifokorlar soni 85,4 ming kishini tashkil qilib ulardan 50,5 foizini (43,1 ming kishi) ayollar, 49,5 foizini (42,2 ming kishi) erkaklar tashkil qilmoqda. Jumladan shifokorlarning Qoraqalpog’iston Respublikasida 67,5 foizini ayollar va 32,5 foizini erkaklar, Andijon viloyatida 46,2 foizini ayollar va 53,8 foizini erkaklar, Buxoro viloyatida 47,9 foizini ayollar va 52,1 foizini erkaklar, Jizzax viloyatida 37,4 foizini ayollar va 62,6 foizini erkaklar, Qashqadaryo viloyatida 38,3 foizini ayollar va 61,7 foizini erkaklar, Navoiy  viloyatida 44,4 foizini ayollar va 55,6 foizini erkaklar,Namangan viloyatida 45 foizini ayollar, 55 foizini erkaklar, Samarqand viloyatida 46,5 foizini ayollar, 53,5 foizini erkaklar, Surxondaryo viloyatida 37,7 foizini ayollar va 62,3 foizini erkaklar, Sirdaryo viloyatida 41,8 foizini ayollar va 58,2 foizini erkaklar, Toshkent viloyatida 56,6 foizini ayollar va 43,4 foizini erkaklar, Farg’ona viloyatida 43,6 foizini ayollar va 56,4 foizini erkaklar, Xorazm viloyatida 49,2 foizini ayollar va 50,8 foizini erkaklar, Toshkent shahrida 63,8 foizini ayollar va 36,2 foizini erkaklar tashkil qilmoqda.