Sayt test rejimida ishlamoqda

2018 yilda aholining ayrim yuqimli kasalliklarga chalinishi

 

2018 yil davomida o’tkir ichak kasalliklari bilan kasallanishda 40,1 ming holat aniqlanib, shulardan 19 ming holat (46,6 foiz) ayollarda, 21,8 ming holat erkaklarda (53,4 foiz) qayd etilgan. Yuqori va quyi nafas yo’llari o’tkir infeksiyalari bilan kasallanish holatlari erkaklar (51,5 foiz) va ayollar (48,5 foiz) o’rtasida farqlanishi  kuzatilgan. Epidemik parotit (59,2 foiz) hamda meningokokli infeksiyalari (83,3 foiz) asosan erkaklarda qayd qilingan.