Sayt test rejimida ishlamoqda

O’zbekiston Respublikasi mehnat bozori holatining gender bo’yicha taqsimlanishi

Iqtisodiy faol aholi

2016 yilda O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy faol aholisi 14,0 mln. kishini tashkil etdi,shundan 54,4 foizi (7,6 mln. kishi) erkaklar, 45,6 foizi (6,4 mln. kishi) ayollar (1-rasm).

 

 

 

 

  Bandlik

2016 yilda respublika bo’yicha iqtisodiyotda band bo’lgan aholi soni 13,3 mln. kishini tashkil qildi, yani 2015 yilga nisbatan 1,8 foizga ko’p. Shu jumladan, ayollar 6,0 mln. kishini yoki jami band aholining 45,7 foizini tashkil qildi va 2015 yilga nisbatan 1,8 foizga o’sgan, iqtisodiyotda band erkaklar soni esa – 7,2 mln. kishini yoki jami band aholining 54,3 foizini, shuningdek 2015 yilga nisbatan o’sish 1,8 foizni tashkil qilgan.

Band bo'lganlar orasida qurilish (ayollar 5,8 %, erkaklar 94,2 %), tashish va saqlash (ayollar 7,2 %, erkaklar 92,8 %), ta'lim (75,6% ayollar,erkaklar 24,4%), sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (ayollar 76,5%, erkaklar 23,5%) iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha ayollar va erkaklar o`rtasida sezilarli farqlar mavjud (2-rasm).

 

 

Iqtisodiyotda jami band bo'lgan ayollarning ko`proq ulushi qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi (26,3%), ta`lim (13,8%), sanoat (12,7%) va savdo (12,3%) iqtisodiy faoliyat turlarida kuzatilmoqda.

O’z o’rnida, jami band bo'lgan erkaklarning ko`proq ulushi qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi (28,4%), qurilish (16,5), sanoat (14,3%), savdo (9,7%) hamda tashish va saqlash (8,2%) iqtisodiy faoliyat turlarida kuzatilmoqda. 

 

 

 

 

  Ishsizlik

2016 yilda respublikada ishsizlar soni 724,0 ming kishini tashkil etdi, ulardan 317,5 ming kishi ayollar (ishsizlar umumiy sonining 43,9 foizi), erkaklar - 406,5 ming kishi (umumiy ishsizlarning 56,1 foizi).

Ishsiz ayollar soni 2015 yilga nisbatan 2,0 % ga va 2012 yilga nisbatan esa 15,3 % ga oshgan.

Ishsiz erkaklar soni 2015 yilga nisbatan 2,1 % ga va 2012 yilga nisbatan esa 15,8 % ga oshgan (3-rasm).

2016 yilda respublikada bo’yicha umumiy ishsizlik darajasi 5,2 foizni tashkil etgan bo’lib ushbu ko’rsatkich ayollar orasida 5,0 ga erkaklar orasida esa 5,3 ga teng. 

 

 

 

Please publish modules in offcanvas position.