Sayt test rejimida ishlamoqda

2016 yilda ayrim sport turlari bo'yicha sport seksiyalari va bo'limlarida sport bilan shug'ullanuvchi ayollar va erkaklar

2016 yilda sport seksiyalari va bo’limlarida 2743,3 ming kishi sport bilan shug’ullanib, ularning 40,2 foizini (1102,1 ming nafar) ayollar, 59,8 foizini (1641,2 ming nafar) erkaklar tashkil etdi.

Jumladan, futbol bilan shug’ullanuvchilar soni 372,2 ming kishi bo’lib, ularning 2,7 foizini (9,9 ming nafar) ayollar, 97,3 foizini (362,3 ming nafar) erkaklar tashkil qildi.

Volleybol bilan jami 353,5 ming kishi shug’ullanib, ulardan 54 foizini (191 ming nafar) ayollar, 46 foizini (162,5 ming nafar) erkaklar tashkil etadi.

Basketbol bilan jami 277,3 ming kishi shug’ullanib, ulardan 51,1 foizini (141,7 ming nafar) ayollar, 48,9 foizini (135,5 ming nafar) erkaklar tashkil qildi.

Stol tennisi bilan 265,4 ming kishi shug’ullangan, ularning 51,1 foizini (135,7 ming nafar) ayollar, 48,9 foizini (129,7 ming nafar) erkaklar tashkil qiladi.

Engil atletika bilan 238,4 ming kishi shug’ullangan, ulardan 51 foizini (121,7 ming nafar) ayollar, 49 foizini (116,7 ming nafar) erkaklar tashkil qildi.

Shaxmat va shashka bilan 421,5 ming kishi shug’ullangan, ulardan 55,1 foizi (232,4 ming nafar) ayollar, 44,9 foizini (189,1 ming nafar) erkaklar tashkil qildi. Sportning boshqa turlari bilan 815 ming kishi shug’ullangan, ulardan 33,1 foizini (269,6 ming nafar) ayollar, 66,9 foizini (545,5 ming nafar) erkaklar tashkil qildi.
 

Please publish modules in offcanvas position.