Sayt test rejimida ishlamoqda

2016 yilda nogironlik sabablari bo'yicha birinchi marta nogiron deb topilganlar soni

2016 yilda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tkazilgan va birlamchi nogiron deb topilgan shaxslar soni 30,1 ming kishini tashkil qildi. Ularning 12,3 ming nafarini (40,8 foizi) ayollar, 17,8 ming nafarini (59,2 foizi) erkaklar tashkil qiladi.

Birlamchi nogiron deb topilganlarning 5,1 ming nafari (17,2 foiz) qon aylanish tizimi kasalliklari, 4,7 ming (15,5 foiz)nafari havfli o‘sma kasalliklari, 3,5 ming nafari (11,8 foiz) ruhiy buzilishlar va hulq-atvor buzilishlari, 2,5 ming nafari (8,3 foiz) asab tizimi kasalliklari, 2,3 ming nafari (7,6 foiz) jarohatlanish, zaxarlanishlar va ayrim tashqi sabablar bilan bog‘liq asoratlar oqibatida, 1,9 ming nafari (6,2 foiz) suyak-mushak tizimi va qo‘shuvchi to‘qima kasalliklari, 1,8 ming nafari (6,1 foiz) endokrin tizimi kasalliklari, 8,3 ming nafari (27,3 foiz) boshqa kasalliklar oqibatida nogironlik belgilangan.

Please publish modules in offcanvas position.