Sayt test rejimida ishlamoqda

O'zbekiston Respublikasi demografik holatining gender bo’yicha taqsimlanishi

Doimiy aholi soni

O'zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2017 yil 1 yanvar holatiga 32,1 mln.kishini tashkil etib, shundan erkaklar 50,2 foizni (16,1 mln.kishi) ayollar esa 49,8 foizni (16,0 mln.kishi) tashkil etadi (1-rasm).

Respublika aholisining 2017 yil 1 yanvar holatiga yoshi bo'yicha tarkibi ayollarda mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar (0-15 yoshdagilar) 29,2 foizni, mehnatga layoqatli yoshdagilar (16-54 yoshdagilar) 58,5 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar (55 yosh va undan kattalar) 12,3 foizni tashkil etdi. 

Erkaklarda esa mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar (0-15 yoshdagilar) 30,9 foizni, mehnatga layoqatli yoshdagilar (16-59 yoshdagilar) 62,6 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar (60 yosh va undan kattalar) 6,5 foizni tashkil qildi.

 

 

 Yuqoridagilardan kelib chiqib aholining yosh bo'yicha tarkibida gender ko'rsatkichlari mehnatga layoqatli yoshdan kichiklarda ayollarga nisbatan erkaklarning ulushi 1,7 foizga ko'pligi, mehnatga layoqatli yoshdagilarda ham ayollarga nisbatan erkaklarning ulushi 4,1 foizga ko'pligi, mehnatga layoqatli yoshdan kattalarda esa aksincha erkaklarga nisbatan ayollarning ulushi 5,8 foizga ko'pligini kuzatishimiz mumkin (2-rasm). 

 

 

2-rasm O'zbekiston Respublikasi doimiy aholisining yosh-jins tarkibi bo'yicha taqsimlanishi
(2017 yil 1 yanvar holatiga, foizda)

 

Tug’ilganlar soni

Respublikada 2012 yilda tug’ilgan qiz bolalarning soni 300,4 ming bolani  tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilga kelib ushbu ko'rsatkich 348,5 ming bolani  tashkil etdi 2012 yilga nisbatan 48,1 ming bolaga yoki 16,0 foizga o'sgan.

Respublikada 2012 yilda tug’ilgan o'g’il bolalarning soni 324,7 ming bolani tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilga kelib ushbu ko'rsatkich 377,7 ming bolani tashkil etdi 2012 yilga nisbatan 53,0 ming bolaga yoki 16,3 foizga o'sgan (3-rasm).

 

3-rasm Tug’ilganlar sonining jinsi bo'yicha taqsimlanishi
(yilda, ming bola)

 

4-rasm O'lganlar sonining jinsi bo'yicha taqsimlanishi
(yilda, ming kishi)

 

 

O'lganlar soni

Respublikada 2012 yilda o'lgan ayollarning soni 66,7 ming kishini tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilga kelib ushbu ko'rsatkich 70,4 ming kishini tashkil etdi 2012 yilga nisbatan 3,7 ming kishiga yoki 5,5 foizga o'sgan.
Respublikada 2012 yilda o'lgan erkaklarning soni 79,3 ming kishini tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilga kelib ushbu ko'rsatkich 84,4 ming kishini tashkil etdi 2012 yilga nisbatan 5,1 ming kishiga yoki 6,4 foizga o'sgan (4-rasm).

 

Respublikada 2016 yilda o'lganlarning asosiy o'lim sabablari bo'yicha ayollarda 62,4 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 10,3 foizi o'simtalardan, 5,4 foizi ovqat hazm qilish kasalliklaridan, 5,0 foizi nafas olish organlari kasalliklaridan, 3,7 foizi baxtsiz xodisa, zaharlanish va jarohatlanishdan, 1,5 foizi yuqumli va infektsion kasalliklardan va 11,7 foizi boshqa kasalliklardan o'lganlarni tashkil qildi.

 

 Erkaklarda esa 57,8 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,1 foizi baxtsiz xodisa, zaharlanish va jarohatlanishdan, 8,3 foizi o'simtalardan, 6,2 foizi ovqat hazm qilish kasalliklaridan, 5,1 foizi nafas olish organlari kasalliklaridan, 2,2 foizi yuqumli va infektsion kasalliklardan va 11,3 foizi boshqa kasalliklardan o'lganligini kuzatishimiz mumkin (5-rasm).

 

  Tug’ilishda kutilgan umr davomiyligi

 

Respublika aholisining yashash sifatini belgilovchi ko'rsatkichlardan biri bu tug’ilishda kutilgan umr davomiyligi hisoblanadi. Respublikada 2012 yilda ayollarning o'rtacha umr ko'rish davomiyligi 75,5 yoshni tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilda ushbu ko'rsatkich 76,2 yoshni tashkil etdi, ya'ni 0,7 yoshga o'sgan. Respublikada 2012 yilda erkaklarning o'rtacha umr ko'rish davomiyligi 70,7 yoshni tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilda ushbu ko'rsatkich 71,4 yoshni tashkil etdi, ya'ni 0,7 yoshga o'sgan (6-rasm).

 

 

 

 

Aholining o'rtacha yoshi


 

  Ilk bor nikoh quruvchilarning o'rtacha yoshi

 

Respublikada 2012 yilda birinchi marta nikoh qurgan qiz bolalarning o'rtacha yoshi 22,4 yoshni tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilda bu ko'rsatkich 22,6 yoshni tashkil etdi, ya'ni 0,2 yoshga ko'paydi.Respublikada 2012 yilda birinchi marta nikoh qurgan o'g’il bolalarning o'rtacha yoshi 25,7 yoshni tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilda bu ko'rsatkich 26,0 yoshni tashkil etdi, ya'ni 0,3 yoshga ko'paydi (8-rasm). 

 

 

 

 

 

Please publish modules in offcanvas position.