Sayt test rejimida ishlamoqda

DINAMIK QATORLAR

2017 yilda O'zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining davlatlar bo'yicha taqsimlanishi

O’zbekiston Respublikasiga safarni amalga oshirgan chel el fuqarolarining 65,1 foizi (1752,2 ming nafar) Qozog’iston Respublikasidan kelgan, ularning 58,7 foizini ayollar, 41,3 foizini erkaklar tashkil qilmoqda. Tojikistondan kelgan shaxslar 7,7 foizni (206,6 ming nafar) tashkil qilib, ularning 51,8 foizini ayollar, 48,2 foizini erkaklar tashkil qiladi. Qirg’izistondan tashrif buyurgan shaxslar 13,8 foiz (372,2 ming nafar) tashkil qilib, ularning 63 foizini ayollar, 37 foizini erkaklar tashkil qiladi. Rossiyadan tashrif buyurgan shaxslar 4,8 foizni (130 ming nafar) tashkil qilib, ulardan 44,7 foizini ayollar, 55,3 foizini erkaklar tashkil qilmoqda. Tashrif buyurganlarning 8,5 foizi (229,1 ming nafar) boshqa chet el mamlakatlari hisisobiga to’g’ri kelmoqda.

Please publish modules in offcanvas position.