Sayt test rejimida ishlamoqda

DINAMIK QATORLAR

2018 yilda O'zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining davlatlar bo'yicha taqsimlanishi

O’zbekiston Respublikasiga safarni amalga oshirgan chel el fuqarolarining 42,9 foizi (2293,1 ming nafar) Qozog’iston Respublikasidan kelgan, ularning 59,1 foizini ayollar, 40,9 foizini erkaklar tashkil qilmoqda. Tojikistondan kelgan shaxslar 20,5 foizni (1095,5 ming nafar) tashkil qilib, ularning 41,1 foizini ayollar, 58,9 foizini erkaklar tashkil qiladi. Qirg’izistondan tashrif buyurgan shaxslar 19,7 foiz (1055,7 ming nafar) tashkil qilib, ularning 61,5 foizini ayollar, 38,5 foizini erkaklar tashkil qiladi. Rossiyadan tashrif buyurgan shaxslar 7,0 foizni (371,6 ming nafar) tashkil qilib, ulardan 43,9 foizini ayollar, 56,1 foizini erkaklar tashkil qilmoqda. Tashrif buyurganlarning 9,9 foizi (530,4 ming nafar) boshqa chet el mamlakatlari hisisobiga to’g’ri kelmoqda.

Please publish modules in offcanvas position.