Sayt test rejimida ishlamoqda

DINAMIK QATORLAR

Turizm

Mazkur bo`limda O`zbekiston Respublikasiga kelgan va O`zbekiston Respublikasidan ketgan tashrif buyuruvchilar (kiruvchi va chiquvchi turizm) safar maqsadlari bo`yicha  statistik ma’lumotlar ayollar va erkaklarga taqsimlangan holda keltirilgangan.

Turizm – jismoniy shaxslarning doimiy istiqomat joyidan sog`lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to`lanadigan  faoliyat bilan  shug`ullanmagan holda uzog`I bilan bir yil muddatga jo`nab ketishi (sayohat qilishi).

Tashrif buyuruvchilar, odatiy muhitidan biror – bir belgilangan asosiy joyga, tashrif buyurayotgan mamlakatda yoki joyda ro`yxatga olingan korxonaga ishga joylashish  maqsadlaridan tashqari, har qanday asosiy maqsadni (xizmat safari, dam olish yoki boshqa shaxsiy maqsad) ko`zlab, bir yildan kam bo`lmagan muddatga safarni amalga oshiruvchi  shaxslar xisoblanadi, ya’ni “ishlash” va “doimiy yashash” maqsadida amalga oshirilgan safarlardan tashqari barcha maqsadlar bo`yicha qilingan safarlardir

Mazkur bo`limda tashrif buyuruvchilar to`g`risida ma’lumotlar Davlat bojxona qo`mitasining ma’lumotlariga asosan keltirilgan.

 

 

Please publish modules in offcanvas position.