Sayt test rejimida ishlamoqda

DINAMIK QATORLAR

 Iqtisodiy faol aholi soni 
 Aholini bandligi 
Sektorlar bo`yicha bandlarning jinsi bo`yicha bo`linishi
 2013 yil 1 yanvar holatiga qurilish tarmog’ida mehnat sharoitlari.
 2013 yil 1 yanvar holatiga sanoat tarmog’ida mehnat sharoitlari
 2014 yil 1 yanvar holatiga qurilish tarmog’ida mehnat sharoitlari
 2014 yil 1 yanvar holatiga sanoatda tarmog’ida mehnat sharoitlari
 2015 yil 1 yanvar holatiga qurilish tarmog’ida mehnat sharoitlari
 2015 yil 1 yanvar holatiga sanoatda tarmog’ida mehnat sharoitlari
 2016 yil 1 yanvar holatiga qurilish tarmog’ida mehnat sharoitlari
  2016 yil 1 yanvar holatiga sanoatda tarmog’ida mehnat sharoitlari
 2017 yil 1 yanvar holatiga qurilish tarmog’ida mehnat sharoitlari
2018 yil 1 yanvar holatiga qurilish tarmog’ida mehnat sharoitlari
2019 yil 1 yanvar holatiga qurilish tarmog’ida mehnat sharoitlari
2020 yil 1 yanvar holatiga qurilish tarmog’ida mehnat sharoitlari
 2017 yil 1 yanvar holatiga sanoatda tarmog’ida mehnat sharoitlari
2018 yil 1 yanvar holatiga sanoatda tarmog’ida mehnat sharoitlari
2019 yil 1 yanvar holatiga sanoat tarmog’ida mehnat sharoitlari
2020 yil 1 yanvar holatiga sanoat tarmog’ida mehnat sharoitlari
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yisha bandlar sonining taqsimlanishi (2016 yil uchun o’rtacha)
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yisha bandlar sonining taqsimlanishi (2017 yil uchun o’rtacha)
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yisha bandlar sonining taqsimlanishi (2018 yil uchun o’rtacha)
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yisha bandlar sonining taqsimlanishi (2019 yil uchun o’rtacha)
 Iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha bandlar 2012 yil uchun o`rtacha
 Iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha bandlar 2013 yil uchun o`rtacha
 Iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha bandlar 2014 yil uchun o`rtacha
 Iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha bandlar 2015 yil uchun o`rtacha
 Ishlab chiqarishda jarohatlanish
Korxona va tashkilotlarda yollanib ishlovchilarning jinsi bo`yicha taqsimlanishi
 Korxona va tashkilotlarda yollanib ishlovchilarning jinsi va ta`lim darajasi bo`yicha taqsimlanishi
 Korxona va tashkilotlarda yollanib ishlovchilarning jinsi va yosh guruhlari bo`yicha taqsimlanishi

 

Mehnat

“Mehnat” bo`limida iqtisodiy faol aholi soni; asosiy ish joyi, jinsi, yosh toifalari va ta`lim darajasi bo`yicha iqtisodiyotning formal (rasmiy) sektorida band bo`lganlar; iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha band bo`lganlar; iqtisodiyot sektorlar bo`yicha bandlarning hududlar kesimida bo‘linishi; alohida iqtisodiy faoliyat turlarida mehnat sharoitlari va jarohatlanish darajasi to`g`risidagi gender jihatidagi statistik ma`lumotlar keltirilgan.

Aholini iqtisodiy faollik bo`yicha tasniflashda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va Mehnat statistiklarining xalqaro konferensiyasi Rezolyutsiyalari tavsiyalariga javob beradigan tushuncha va ta`riflardan foydalanildi.

Iqtisodiy faol aholi — mehnat bilan band bo‘lgan fuqarolar va ishsizlar.

O`zbekiston Respublikasida mehnatga layoqatlilik erkaklar uchun 16 dan 59 yoshgacha, ayollar uchun – 16 dan 54 yoshgacha deb belgilangan.

Mehnat bilan band bo‘lgan fuqarolar:

a) yollanib ishlayotganlar, shu jumladan ishlarni to‘liq bo‘lmagan ish vaqti mobaynida yoki uyda ish haqi olib bajarayotgan, shuningdek, haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan fuqarolar;

b) kasallik, ta’til, qayta tayyorgarlik, malaka oshirish, ishlab chiqarishning to‘xtab turishi tufayli, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq vaqtinchalik ishda bo‘lmagan xodim uchun ish joyi saqlanib qoladigan boshqa holatlarda ish joyida vaqtinchalik bo‘lmagan fuqarolar;

v) haq to‘lanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan fuqarolar;

g) o‘zini mustaqil ravishda ish bilan ta’minlovchi fuqarolar, jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar, hunarmandlar, dehqon xo‘jaliklari, ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari, fermyerlar, va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchilar;

d) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, jumladan, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati qo‘shinlarida xizmatni, shuningdek, muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar.

e) nodavlat notijorat tashkilotlarida, shu jumladan, o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan diniy tashkilotlarda ishlovchilar.

Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi (ishsizlar) - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.12.2017 yildagi 1011-sonli “Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslar, shuningdek, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, mustaqil ravishda ish izlovchi va bunday ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli yoshdagi vaqtincha mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar hisoblanadi.

Ishga joylashishga muhtoj bo`lgan shaxslar to`g`risidagi ma`lumotlar O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan uy xo`jaliklarini mehnat va bandlik masalalari bo`yicha olib boriladigan o`rganishlar natijalariga ko`ra aniqlanadi.

Rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan ishsizlar — 16 yoshdan pensiya bilan ta’minlanish huquqini olish yoshigacha bo‘lgan, mehnat organlarida ish qidiruvchi, ishlashga, kasb bo‘yicha tayyorgarlikdan va qayta tayyorgarlikdan o‘tishga, malaka oshirishga tayyor shaxs sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar.

Mehnat organlarida rasman ishsiz deb e`tirof etilgan ishsizlar soni to`g`risidagi axborot O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.

Ishsizlik darajasi – bu ishsizlar sonining iqtisodiy faol aholi sonidagi foizlarda hisoblangan ulushi.

Iqtisodiy faollik darajasi iqtisodiy faol aholining tegishli yoshdagi aholining umumiy sonidagi foizlarda hisoblangan ulushi sifatida aniqlanadi.

Bandlik darajasi band bo`lgan aholining tegishli yoshdagi aholining umumiy sonidagi foizlarda hisoblangan ulushi sifatida aniqlanadi.

Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi — mehnat bilan band deb hisoblanmaydigan shaxslar, shu jumladan:

- ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan o‘quvchilar va talabalar;

- uy bekalari va bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan ishlamayotgan ayollar;

- ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar.

Ishlab chiqarishda jabrlanganlar – bu ishchining vaqtincha yoki uzoq muddatga mehnat qilish qobiliyatini yo`qotishiga, yoki uning o`limiga olib kelgan hamda ishchi tomonidan tashkilot hududi yoki undan tashqarida o`z mehnat majburiyatlarini (ishlarini) bajarish hamda uning ishga kelish yoki ishdan qaytish vaqtida, tashkilot tomonidan taqdim etilgan transportda ro`y bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabr ko`rgan shaxslar.

BMT Statistika komissiyasining tavsiyasiga ko'ra minimal gender ko'rsatkichlari

Iqtisodiy tuzilmalar, ishlab chiqarish faoliyati, resurslardan foydalanish sohalari

Ta'lim

Sog`liqni saqlash va unga aloqador xizmatlar

Ijtimoiy hayotda qaror qabul qilish

Ayollar va qizlar, inson huquqlari