Mazkur bo`limda tayinlanish turlari bo`yicha pensionerlar va ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni, ularga tayinlangan o`rtacha pensiya va ijtimoiy nafaqalarning o`rtacha miqdori, hisobot yilida nogironlarning umumiy soni va pensiya ta`minoti organlari tomonidan birinchi marta nogiron deb topilganlarning aniqlangani va hisobga olingani to`g`risida statistik ma`lumotlar keltirilgan. Bunda barcha ma`lumotlar ayollar va erkaklar kesimida keltirilgan.
     Pensionerlar - bu O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq pensiya olayotgan va O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan shaxslardir.     

    Nogironlarning umumiy soniga nogironlik bo`yicha hisobda turgan va pensiya yoki ijtimoiy nafaqa oladigan nogironlar kiritiladi.
    Birinchi marta nogiron deb topilgan shaxslar soniga nogironlik (dastlabki nogironlik) shaxslarga hisobot yilida belgilanganda kiritiladi.
   O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonuniga muvofiq pensionerga tayinlangan o`rtacha oylik pensiya miqdori, oylik tayinlangan pensiyalar yig`indisining pensionerlar soniga bo`linishi orqali aniqlanadi. Tayinlangan o`rtacha oylik pensiya miqdori O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan belgilanadi.