Sayt test rejimida ishlamoqda

DINAMIK QATORLAR

Huquqbuzarlik

Mazkur bo`limda ro`yxatga olingan jinoyatlar soni, ularni sodir etgan shaxslar tarkibi to`g`risida statistik ma`lumotlar keltirilgan. Ushbu bo`limdagi ma`lumotlar Ichki ishlar vazirligi materiallari asosida keltirilgan.

Mazkur bo`limda ro`yxatga olingan jinoyatlar soni, ularni sodir etgan shaxslar tarkibi to`g`risida statistik ma`lumotlar keltirilgan. Ushbu bo`limdagi ma`lumotlar Ichki ishlar vazirligi materiallari asosida keltirilgan.

Ro`yxatga olingan jinoyat – ichki ishlar idoralari tomonidan aniqlangan va rasman hisobga olingan, jinoyatchilik qonunchiligida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfga ega hatti-harakat.

Og`ir va o`ta og`ir jinoyatlar – yuqori ijtimoiy xavfga ega, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 15-moddasining 4 va 5 bandlarida nazarda tutilgan xatti-harakatdir.

Bosqinchilik – o`zgalar mulkini o`g`irlash maqsadida inson hayoti va salomatligiga xavf tug`diradigan kuch ishlatgan holda yoki uni qo`llash tahdidi bilan sodir etilgan tajovuzlik.

Bezorilik – jamiyatga ochiq hurmatsizlikni aks etgan holda jamoat tartibini qo`pol ravishda buzish, bunda fuqarolarga nisbatan zo`ravonlikni qo`llash yoki uni qo`llashning tahdidi bilan yohud o`zgalar mulkini yo`q qilish yoki shikast yetkazish bilan sodir etish.

Jinoyatlarni sodir etgan shaxslar – ichki ishlar idoralari tomonidan rasmiy ravishda hisobga olingan va ularga jinoyat ishlari qo`zg`atilgan shaxslar.

Jinoyatlarning fosh etilishi – hisobot davrida tergov bilan tugatilgan ishlar bo`yicha jinoyatlar sonining jinoiy ish qo`zg`atilgan vaqti va ushbu jinoyat ro`yxatdan o`tgan vaqtidan qatiy nazar fosh etilgan va fosh etilmagan jinoyatlarning umumiy soniga nisbati.

Please publish modules in offcanvas position.